Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchqun Quronboyev finalga chiqdi!

Uchqun Quronboyev finalga chiqdi!

Tokio shahrida o‘tkazilayotgan Paralimpiya o‘yinlarining bugungi kun dasturi terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Bir oz avval dzyudochimiz Uchqun Quronboyev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

-66 kg vazn toifasida kurashayotgan vakilimiz Yaponiya, Ukraina kabi mamlakat vakillarini mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi. Endi u oltin medal uchun ispaniyalik Serxio Ivanesga qarshi tatamiga chiqadi.

Shuningdek, bugungi dasturda -60 kg vazn toifasida Sherzod Namozov ham medal sari yurishini davom ettirmoqda. Chorak finalda imkoniyatni boy bergan Namozov endilikda bronza medali uchun o‘tish bosqichida qatnashadi. Bu yo‘lda unga dastlab mo‘g‘ilistonlik dzyudochi raqib bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring