Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchquduqda sodir etilgan bosqinchilik fosh etildi

Uchquduqda sodir etilgan bosqinchilik fosh etildi

Foto: IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Joriy yilning 18-sentyabr kuni Navoiy viloyatining Uchquduq tumanining Geologlar ko‘chasidagi xonadonga ikki nafar noma’lum shaxs o‘zlarini kommunal xizmati xodimlari deb aldab kirishadi.

Ushbu xonadon egasining farzandi uyda yolg‘iz qolganidan foydalanib, uning qo‘llarini skoch bilan bog‘lab, bosqinchilik jinoyati sodir etishadi va xonadondan 26 mln. 500 ming so‘m pul hamda «Samsung J-4» rusumli mobil apparati olib ketishadi. Bu haqda tuman ichki ishlar bo‘limiga xabar kelib tushadi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, zudlik bilan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu bosqinchilik jinoyatini sodir etgan 1994 yilda tug‘ilgan F.F. va 1993 yilda tug‘ilgan A.Sh. va jinoyat sodir etish uchun qulay sharoit va boshqa ma’lumotlar haqida xabar berib turgan, xonadon egasi bilan birga ishlovchi 1994 yilda tug‘ilgan E.F.lar qo‘lga olingan.

Gumon qilinuvchilarning yashash uylari tekshirilganda, ularning uylarida saqlanayotgan pullar, ikkita mobil apparati va jinoyat sodir etishda foydalaniladigan buyumlar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring