Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch yildan beri aliment to‘lamayotgan ota qamaldi

Uch yildan beri aliment to‘lamayotgan ota qamaldi

Foto: «Vyksavkurse.ru»

Buxoro shahar ma’muriy sudining ochiq sud majlisida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan otaga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish mazmunan ko‘rib chiqildi, deb yozadi O‘zA.

MIB Buxoro shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 2018-yil 11-iyuldagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor fuqaro I.Kashin undiruvchi Ye.Kashina foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun 2018-yil 11-iyuldan 2021-yil 1-fevralga qadar 7,4 million so‘m aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

«I.Kashinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Tegishli hujjatlar bilan birga sudga yuborildi. Sudning joriy yil 19-fevraldagi qarori bilan fuqaro I.Kashinga 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi», – deydi MIB Buxoro shahar bo‘limi davlat ijrochisi Elyor Jo‘rayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring