Uch viloyatda ekologiya boshqarmasi rahbarlari ishdan olindi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan bir qator hududiy boshqarma boshliqlari, ya’ni Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olindi.
Shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining uch nafar mas’ul xodimlariga, «Yashil makon» umummilliy loyihasiga bevosita mas’ul bo‘lgan uch nafar hududiy boshqarma boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlariga va chiqindi sohasini boshqarishga mas’ul bo‘lgan hududiy boshqarma boshliqlarining ikkinchi o‘rinbosarlariga «hayfsan» intizomiy choralari qo‘llanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter