Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucelldan «Sof» tarif liniyasi: hammabop, sodda va qulay

Ucelldan «Sof» tarif liniyasi: hammabop, sodda va qulay

28-sentyabrdan 30-noyabrgacha Ucell «Yanada arzonroq» aksiyasini o‘tkazadi. Aksiya doirasida Sof 40 va undan yuqori tariflarga ulangan barcha yangi abonentlar abonent to‘loviga 25% chegirmaga ega bo‘ladilar.

2022-yil mart oyida Ucell mobil operatori Sof tarif rejalarining yangi liniyasini ishga tushirdi. U shu zahotiyoq abonentlarga manzur bo‘ldi va qisqa vaqt ichida mutlaq eng yuqori sotuv darajasini egalladi. Ucell shu bilan cheklanib qolmaydi va ushbu tarif liniyasi abonentlariga yangi qiziqarli imkoniyatlarni taqdim etishda davom etmoqda.

Sof tarif liniyasida siz arzon narxlarda juda ko‘p trafikka ega bo‘lishingiz va hech qachon manfiy hisobga kirmasligingizdan tashqari, men batafsilroq to‘xtalib o‘tmoqchi bo‘lgan yana bir qancha afzalliklar mavjud.

Tarif bo‘yicha foydalanilmagan trafik kuyib ketmaydi va keyingi oyga o‘tkaziladi

Tasavvur qiling: tarif rejasi shartlari bo‘yicha sizga tayinlangan barcha megabaytlar, daqiqalar va SMSlardan foydalanishga ulgurmadingiz. Ilgari, bu trafik shunchaki kuyib ketgan. Ammo endi faqat Sof tarif liniyasida abonent to‘lovi o‘z vaqtida to‘langan holda barcha foydalanilmagan trafik keyingi oyga o‘tkaziladi. Juda qulay, to‘g‘rimi? Shunday qilib, Ucell abonentlariga bu qoida juda yoqdi. Megabayt, daqiqalar va SMSlar tobora ko‘payib bormoqda.

Hisob-kitobni nazorat qilishda qulaylik

Foydalanuvchilar uchun mobil aloqa hisob-kitoblarini osongina nazorat qila olishga ishonchning mavjudligi katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda Sof tarif liniyasida abonentga «hisobdagi shok» deb atalmish hodisani his qilishga imkon bermaydigan oddiy va samarali usul joriy etildi. Bu nima degani? Tarif bo‘yicha va to‘plamga muvofiq kiritilgan Internet-trafik tugagach, abonent keyingi tariflash usulini osongina tanlashi mumkin bo‘lgan maxsus qulay ekranga yo‘naltiriladi:

  • «Restart» opsiyasidan foydalanish;
  • Internet to‘plam sotib olish;
  • Yoki limitdan tashqari tarifikatsiyani qabul qilish.

Bundan tashqari, shuni ta’kidlash joizki, agar abonent limitdan tashqari tarifikatsiyani tanlagan bo‘lsa ham, Sof liniyasida bu narxlar sezilarli darajada pasaytirilgan va bozordagi eng past narxlar qatoriga kiradi.

Sof 40 va undan yuqori tarif rejalarning yangi abonentlariga hushxabar!

Ana endi muhim yangilik! 28-sentyabrdan 30-noyabrgacha Ucell «Yanada arzonroq» aksiyasini o‘tkazadi. Aksiya doirasida Sof 40 va undan yuqori tariflarga ulangan barcha yangi abonentlar abonent to‘loviga 25% chegirmaga ega bo‘ladilar.

Masalan, abonentlar Sof 40 tarifiga bor-yo‘g‘i 30 000 so‘m evaziga ulanishlari mumkin bo‘ladi. Ulanishdan keyin uch oy ichida ular chegirmaga ega bo‘lishadi!

Oldinda yangi yil. Yangi hayratomuz sovg‘alar

Yangi yil arafasida Ucell Sof liniyasidagi abonentlar uchun yangi yoqimli hayratomuz sovg‘alarni tayyorlamoqda. Ba’zilari hali ham sir, ammo kompaniya ajoyib yangilik bo‘lishini va’da qilmoqda!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring