Ucellda Navro‘z nishonlandi (foto)
Ucellda bayramona kayfiyat hukm surmoqda. Kompaniya jamoasi Navro‘z bayramini nishonladi.
Mohir oshpazlar katta qozonlarda Navro‘zning asosiy bayram taomi — sumalakni tayyorlashdi. Sumalak kompaniyaning texnik ofisda tayyorlanib, idishlarga quyilib, xodimlarga tarqatildi.
An’anaga ko‘ra, sharqona taomlar bilan bayramona dasturxon ham tashkil qilindi: chak-chak, ko‘k somsa, pashmak, ko‘k chuchvara va boshqa mazali taomlar tortildi.
Aziza Akramova, biznes sheriklik boshqarmasi mutaxassisi:
— Navro‘z — ko‘p millatli O‘zbekistonning eng sevimli bayramlaridan biri. Ushbu kunda odatga ko‘ra kechirimli bo‘lish, zaif va muhtojlarga yordam berish, yaqinlar va do‘stlardan xabar olish kerak. Bayram xalqimizning eng yaxshi xususiyatlarini aks ettiradi. Bundan tashqari, men sumalakni juda yaxshi ko‘raman. Ertalabdan bunday mazali va xushbo‘y, afsonaga ko‘ra, odamga kuch bag‘ishlovchi nonushta qilish yoqimli bo‘ldi.
Tadbir karantin qoidalariga rioya qilingan holda tashkil etildi.
Ucell kompaniyasi barchani Navro‘z bilan tabriklaydi!
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter