Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell uyali aloqasi barcha metro stansiyalarida ishlamoqda

Ucell uyali aloqasi barcha metro stansiyalarida ishlamoqda

Ucell kompaniyasi poytaxt metropolitenida aloqani ta’minlayotgan yagona uyali aloqa operatori bo‘lib qolmoqda. Hozircha ushbu xizmat faqat bekatlarning o‘zida va tonnel ichkarisi bo‘ylab 100 metr yo‘nalishda ishlamoqda, kelgusida esa butun yo‘l davomida ulanish imkoniyatini ta’minlash rejalashtirilgan.

Metropolitenda internetni ishga tushirish 2019-yilda boshlandi. Sentyabr oyida ICTEXPO 2019 6-ko‘rgazmasida COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) ilk marotaba ikkita bekatda aloqani yo‘lga qo‘yishi haqida e’lon qildi.

Bugunga kelib abonentlar internetdan barcha platformalarda foydalanish imkoniyatiga ega.

Poytaxt metrosi nafaqat jamoat transporti, balki haqli ravishda sayyohlar muntazam tashrif buyuradigan zamonaviy me’moriy obida hamdir. Yo‘lovchilar uchun yo‘nalish davomida mobil aloqa va internetdan foydalanish imkoniyati har qachongidan-da muhim.

Bir yarim yil oldin biz yer ostida uyali aloqani ta’minlash qanday amalga oshirilgani, muhandis va texniklar duch kelgan qiyinchiliklar haqida gapirib bergandik. Axir, metropoliten bizning sharoitda nafaqat strategik ob’yekt, balki madaniy mulk hamdir. 

Radiotarmoqni rejalashtirish guruhi muhandisi Ravshan Vahobov:

Toshkent metrosidagi aloqa o‘ziga xos betakror loyiha va uni boshqa mamlakatlardagi tajriba bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Biz ishni belgilangan sanitar xavfsizlik me’yorlariga muvofiq tashkil etdik. O‘zbekistondagi SES standartlari dunyodagi eng qat’iylaridan hisoblanadi. Texniklarimiz, shuningdek, uskunalarni bekatlar intereriga imkon qadar sezilmaydigan qilib biriktirish va bir vaqtning o‘zida yuqori sifatli aloqani saqlab qolishga diqqat qaratishdi. Foydalanuvchi testlari muvaffaqqiyatli o‘tdi va bugun Ucell abonentlari muammosiz internetda suzib yurishlari, istalgan bekatdan qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar yo‘llashlari mumkin. Shubhasiz, bu ish hali davom etadi va biz erishilgan natijada to‘xtab qolmoqchi emasmiz.

Metroning barcha bekatlarida test-drayv amalga oshirilgan. Ovozli, paket va sms-xizmatlar to‘la hajmda ishlamoqda.

LTEda qayd etilgan eng katta tezlik — 142 Mbit/s (Speed Test). Sutka davomida 1500ga yaqin faol 4G foydalanuvchilari ro‘yxatga olingan.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring