Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell Toshkent metrosiga tushmoqda (foto)

Ucell Toshkent metrosiga tushmoqda (foto)

«Toshkent metropoliteni» DUK va «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) hamkorlik va o‘zaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi. Ushbu hujjatning maqsadi — sheriklik munosabatlarini davom ettirish va mustahkamlash, uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Metropoliten va Ucell o‘zaro hamkorlik bo‘yicha yetarlicha katta tajribaga ega. Bugungi kunda shaharning yer osti metrosini sifatli mobil aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha keng qamrovli loyiha amalga oshirilmoqda.

Natijada, ikki tomonning sa’y-harakatlari bilan metropolitenning 43 ta bekati yuqori tezlikdagi 3G, 4G va 5G tarmoqlariga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Andrey Shishkovskiy, Ucell bosh direktori: «2024 yil iyul oyida loyihalash va izlanish ishlarining faol bosqichi boshlanganidan beri kompaniya 12 ta yer usti bekati va barcha 31 ta yer osti bekati infratuzilmasini muvaffaqiyatli modernizatsiya qildi. Hozirgi vaqtda tunnelarning yarmidan ko‘pi sifatli internet xizmatlarini taqdim etish uchun zarur texnologiyalar bilan jihozlangan. Biz Ucell abonentlariga hatto metroda ham aloqa imkoniyatini taqdim etayotganimizdan mamnunmiz. Bu Toshkent metropoliteni bilan samarali hamkorlik va har ikkala tomonning zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga bo‘lgan intilishi natijasida amalga oshdi».

 

Elyor Eltayev, «Toshkent metropoliteni» DUK boshlig‘ining marketing masalalari bo‘yicha o‘rinbosari:  «2024 yil noyabr oyidan boshlab bekatlarga yangi radio uskunalar o‘rnatish va metroning eng uzun hamda murakkab relefga ega bo‘lgan «Chilonzor» bekatidan «Olmazor» bekatigacha bo‘lgan yer osti qismida sinov ishlari o‘tkazildi. Ushbu uskunalarning ishga tushirilishi yo‘lovchilarga mobil operator xizmatlaridan hech qanday noqulayliklarsiz foydalanish imkonini beradi. Umuman olganda, tarmoqni ishga tushirish 2025 yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu poytaxt aholisi va mehmonlari uchun xizmat sifatini yaxshilash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi».

Toshkent metrosini aloqa bilan ta’minlash loyihasi nafaqat telekommunikatsiyalar rivojiga qaratilgan tashabbus, balki barcha foydalanuvchilar uchun qulay shahar infratuzilmasini yaratishga qo‘shilgan muhim hissadir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring