Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch nafar sudya lavozimidan ozod etildi

Uch nafar sudya lavozimidan ozod etildi

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining joriy yil 14 va 15  fevraldagi qarorlariga ko‘ra uch nafar sudya lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining raisi R. Turginov va Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudining raisi M. Sheryigitov yozma arizalariga binoan, Buxoro viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Sh. Ne’matov sudyalik qasamyodini buzgani uchun ishdan bo‘shatilgan.

Bundan tashqari, mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun:

  • Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi M. Hasanova;
  • Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining raisi Sh. Togoyev  intizomiy javobgarlikka tortildi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring