Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

U bir soat ichida «Real»ga to‘rtta gol urdi. Valentin Kastelyanos kim?

U bir soat ichida «Real»ga to‘rtta gol urdi. Valentin Kastelyanos kim?

La Ligada 31-tur o‘yinlari sensatsiya bilan boshlandi — «Jirona» o‘z maydonida «Real»ni 4:2 hisobida dog‘da qoldirdi. Argentinalik hujumchi Valentin «Tati» Kastelyanos bosh qahramon bo‘ldi — u poker qayd etdi. Ha, ha — «Real Madrid» darvozasiga 4 ta gol urdi u!

«Orzular oqshomi. Men buni hech tasavvur qila olmasdim, — dedi Kastelyanos o‘yindan keyin. — «Real» darvozasiga gol urish orzuim edi, lekin bir o‘yinda to‘rtta gol urish men hech qachon tasavvur qilmagan narsa edi. G‘alaba qozonganimizdan juda xursandman».

Hozirda «Jirona» «Real Madrid»ning La Ligadagi eng noqulay raqibi. Oltita o‘yindan 3 tasida kataloniyaliklar g‘alaba qozonishgan, yana bir bor durang o‘ynashgan. Ispaniyaning boshqa hech bir jamoasida foizda bunchalik ustunlik yo‘q. Shu 6 o‘yin davomida kataloniyaliklar 13 ta gol urishdi — hech kim Madrid darvozasiga buncha gol ura olmagan.

Real Madrid darvozasiga 4ta gol urgan futbolchi kim?

So‘nggi 10 yil ichida La Ligada «Real» darvozasiga 3 ta golni sanoqli futbolchilar kiritishgan — Xabi Priyeto, Leo Messi, Suares va Karlos Soler. Kastelyanosdan poker — ajoyib natija!

21 asrda La Ligada «Real» darvozasiga hali hech kim to‘rtta gol kiritmagandi. Va butun tarixda barcha turnirlarda faqat 9 kishi buni amalga oshirgan.

Mana to‘liq ro‘yxat:

1926 yil - Xosep Samitiyer, «Barselona» - Ispaniya kubogi

1929 yil - Karlos Bestit, «Yevropa» - chempionatda

1935 yil - Karlos Vantolra, «Barselona» - chempionatda

1940 yil - Martines Katala, «Ovedo» - chempionatda

1944 yil - Amilin, «Ovedo» - chempionatda

1947 yil - Esteban Echevarria, «Ovedo» (yagona penta-trik!) - chempionatda

1957 yil - Eulogio Martines, «Barselona» - Ispaniya kubogi

2006 yil - Diyego Milito, «Saragosa» - Ispaniya kubogi

2013 yil - Robert Levandovski, «Borussiya D» - Chempionlar ligasida

2023 yil - Tati Kastelyanos, «Jirona» - chempionatda

Ha, La Ligada 75 yildan ortiq vaqt davomida (1947 yildan beri) hech kim bir o‘yinda «Real» darvozasiga to‘rtta gol urmagan. To‘purarlarning yarmi Kataloniya klublaridan: «Barsa», «Yevropa»  (Barselona shahri klubi, bu mavsumda to‘rtinchi divizionga chiqdi) va «Jirona».

MLSdagi yorqin faoliyat

Kastelyanos 24 yoshli argentinalik hujumchi. U o‘tgan yozda «Jirona»ga «Nyu-York Siti»dan ijara asosida kelgandi. U Yevropaga kelgach, unchalik ko‘p gol urmadi: «Real Madrid»ga poker qayd etishdan oldin Tati chempionatning 28ta uchrashuvida bor-yo‘g‘i 7+1 natija qayd etgan.

Hujumchining bo‘yi 178 sm. Bolaligida bo‘yi pastligi uchun Argentina akademiyalari unga rad javobini berishgan. 14 yoshida Kastelyanosni «River Pleyt» olmadi va «Lanus» klubi jamoaga olmagani sababini ochiq aytdi — jismoniy ko‘rsatkichlar!

«Ular menga kichkina va ozg‘in ekanimni, o‘ynay olmasligimni aytishdi, — deydi «Jirona» hujumchisi. — 14 yoshli bolakayga buni eshitish juda og‘riqli edi. Men tug‘ilgan joyis — Mendosaga qaytib, onamdan sport zali uchun pul so‘radim va mashg‘ulotlarga bordim. Men katta bo‘lishni va kuchliroq bo‘lishni xohlardim».

Aftidan, Leo Messining tarixi Argentina klublariga hech narsani o‘rgatmagan.

Katta futbolga «City Group» (Urugvay – AQSh – Ispaniya) orqali kirib keldi. Argentina chempionatida u biror marta ham o‘yin o‘tkazmagan. Kastelyanos Chiliga, keyin Urugvayga - «Montevideo Siti Torke»ga ketdi. O‘shandan beri Valentin faqat «City Group» tizimidagi klublarda o‘ynaydi. Bu tizimning bosh jamoasi — «Manchester Siti» hisoblanadi.

MLSni portlatdi: eng yaxshi to‘purarga aylandi. Tati faoliyatidagi navbatdagi qadam 2018 yilda MLSga, «Nyu-York Siti»ga o‘tishidir. U yerda yosh hujumchi 4 yil ichida liganing eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylandi.

2021 yilda Kastelyanos MLS muntazam mavsumida eng yaxshi to‘purarga aylandi. Va keyin u pley-off o‘yinlarining har birida gol urdi. Jumladan, finalda ham.

Tati MLSni juda yoqtirardi. U buni Mendoza ligasida o‘ynash tajribasi bilan taqqoslaydi. Hujumchi esa Qo‘shma Shtatlardagi futbol taraqqiyotini ko‘radi:

«Bizning o‘yinlarimizga o‘rtacha 35 ming kishi tashrif buyuradi. AQShda futbol o‘sishda davom etmoqda va futbol atrofidagi madaniyat o‘zgarib bormoqda.

Amerikaliklarning bu o‘yinga asta-sekin sari ishtiyoqi ortib bormoqda. Ular allaqachon uni his qilishadi, bu maydondagi muhitni o‘zgartiradi. Va bu endi faxriylar ligasi emas — yo‘q, u yoshlar bilan to‘la va ko‘pchilik uchun tramplin bo‘lmoqda.

O‘tgan yozda Kastelyanos MLS darajasidan o‘sgani ma’lum bo‘ldi. Shu bois, «City Group» uni «Jirona»ga ijaraga yubordi. Shimoliy Amerika futbolidagi statistika ajoyib: 134 uchrashuvda 59 gol + 24 golli pas.

«Real»ga gol urishni yoqtiradi. «Real Madrid»ga qarshi poker Kastelyanos uchun faoliyatidagi ikkinchi poker bo‘ldi. Birinchisi MLSda sodir bo‘lgan: 2022 yilning aprelida u «Real Solt Leyk» darvozasiga 4 ta gol urgan.

2021 yilda Kastelyanos to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Bu haqda Pep Gvardioladan so‘rashdi — ispaniyalik murabbiy argentinalik hujumchi haqida iliq so‘zlarni aytdi.

«Bu yigit tez orada Yevropaga keladi va u yerda o‘z faoliyatida oldinga qadam tashlaydi,— degandi Pep. — Men o‘zim uni kuzatganman, bizning skautlar bo‘limi u haqida menga aytib berishgan. U, albatta, keyingi qadamga tayyor, ammo qayerda bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi».

Tati ham Gvardiola bilan birga o‘ynashni orzu qilishini tan oladi.

«Gvardiolaning o‘zi siz haqingizda shunday degani bu — katta sharaf. Uning so‘zlari meni o‘sishga va yaxshiroq bo‘lishga undaydi. U menga bergan avanslarni oqlamoqchiman.

Biz shaxsan uchrashgandik: «Sinsinnati»ni 5:2 hisobida mag‘lub etganimizdau  kiyinish xonasiga kirdi — o‘sha o‘yinda men 2 ta golli uzatmani amalga oshirgandim. Pep va men qo‘l berib ko‘rishdik, biroz suhbatlashdik, u bizni tabrikladi. Birgalikda kechki ovqatdan oldin ham suratga tushdim.

«Real»ga qarshi o‘yindan so‘ng Tatining «Man Siti»ga o‘tish imkoniyati oshdi, albatta. Ammo, katta ehtimol bilan, u yana bir mavsum «Jirona»da qoladi. Yoki «Brayton»ga o‘tadi — ingliz klubi unga yanvar oyida qiziqish bildirgandi.

Manba: sports.ru

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring