Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Twitter» rahbari barcha foydalanuvchilar uchun verifikatsiyani ochishni rejalashtirmoqda

«Twitter» rahbari barcha foydalanuvchilar uchun verifikatsiyani ochishni rejalashtirmoqda

Foto: «DroidBug»

«Twitter» ijtimoiy tarmog‘ining bosh direktori Jek Dorsi kompaniya barcha foydalanuvchilar uchun verifikatsiyani (foydalanuvchining haqiqiy ekanligini tekshirish) amalga kiritish ustida ishlayotgani haqida ma’lum qildi.

Dorsining so‘zlariga ko‘ra, «Twitter»ning maqsadi verifikatsiyani barcha uchun ochiq qilish hisoblanadi. Kompaniya foydalanuvchilar o‘zi haqida ko‘proq ma’lumotni tasdiqlashini va xizmat o‘ziga javobgarlikni olmasligini xohlamoqda.

Bosh direktor verifikatsiya jarayoni qanday qurilishi haqida gapirmagan. Avval «Twitter»da verifikatsiyadan o‘tish uchun foydalanuvchi yuqori darajadagi media mashhurligini isbotlashi va ommabop saytlarda e’lon qilingan o‘zi haqidagi materiallarga havolalar taqdim etishi kerak edi.

Boshqa servislarda, masalan, «Airbnb»da verifikatsiyadan o‘tish uchun foydalanuvchining «Facebook»dagi sahifasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan telefon raqami va elektron pochtasi, shuningdek, pasportining skaner nusxasi talab etiladi.

«Asosiy muammo shundaki «ptichka» belgisi identifikatsiyani bildiradi. Biroq tadqiqotlarga ko‘ra, odamlarda unga ega bo‘lgan foydalanuvchilarga nisbatan ishonch ko‘roq. Ular ushbu insonning ortida «Twitter» turibdi deb o‘ylaydi va u aytgan barcha narsalarni to‘g‘ri deb qabul qiladi. Ammo biz aslida boshqa maqsadni ko‘zlaganmiz», — deydi «Twitter» mahsuloti direktori Devik Gaska.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring