Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Twitter Ilon Maskni sudga beradi

Twitter Ilon Maskni sudga beradi

Twitter rahbariyati amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Maskni u kompaniyani sotib olishdan bosh tortgani uchun sudga berishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Twitter direktorlar kengashi raisi Bret Teylor o‘zining mikroblogida yozdi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Mask Twitterning 100 foiz ulushini sotib olishini e’lon qilgan edi.

Keyinroq u fikridan qaytdi, chunki Maskning advokatiga ko‘ra, platformani sotib olish shartlarida tarmoqdagi soxta akkauntlarning haqiqiy soni haqida ma’lumot berilmagan bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring