«Twitter» barchaga parollarni o‘zgartirishni maslahat berdi
«Twitter» korporatsiyasi tizimda ro‘y bergan xato tufayli barcha foydalanuvchilarga kirish parollarini o‘zgartirishni tavsiya qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Twitter»dagi akkauntingizga parol o‘rnatayotganingizda biz ularni kompaniyada hech kim ko‘rmaydigan qilib yashiramiz. Yaqinda biz xato sababli parollar yashirilmay ichki jurnalda saqlanganini aniqladik. Xato tuzatildi va tekshiruvimiz akkauntlarga hech qanday yashirincha kirish holati bo‘lmaganini ko‘rsatdi», — deyiladi kompaniya saytida.
«Ehtiyotkorlik yuzasidan sizga shu parollardan foydalangan barcha servislaringizda parollaringizni o‘zgartirishni tavsiya qilamiz», — qo‘shimcha qildi «Twitter».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter