«Tuyabo‘g‘iz» suv omborida yangi GES ishga tushiriladi (foto)
2019-yilning birinchi choragida «Tuyabo‘g‘iz» suv ombori qoshida qurilayotgan GESni ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur kichik GESda hozirda oxirgi ish jarayonlari ketmoqda. GESning o‘rnatilgan quvvati 11,4 MVt.ni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekgidroenergo aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoni bilan «O‘zbekgidroenergo» zimmasiga 2017-2021-yillarda gidroenergetikani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish topshirilgan. Mazkur dasturga asosan 42 ta yangi GES qurilishi va 32 tasi modernizatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Shu asosda «Tuyabo‘g‘iz» suv ombori, Katta Farg‘ona kanali, Ohangaron, «To‘palang» daryosida «Zarjob-1» va «Zarjob-2» kichik GESlar kaskadi qurilishlari boshlab yuborilgan.
Ana shu loyihalardan biri Toshkent viloyatining «Tuyabo‘g‘iz» suv ombori qoshidagi kichik GES qurilishidir. Bu yerdagi qurilish ishlari 2017-yilning iyun oyida boshlangan. Mazkur GESni «Gidroproyekt» AJ loyihasi asosida «TO‘PALANG HPD IRRIGATION SYSTEMS» unitar korxonasi bunyod etmoqda. Ob’yektning umumiy qiymati 16.33 mln. AQSh dollariga teng. Ushbu mablag‘ning qariyb yarmi chet el investitsiyasi hisobiga moliyalashtirilmoqda. 8.09 mln. AQSh dollarlik qismi esa «O‘zbekgidroenergo» tomonidan qoplanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter