Tursunoy Jabborova ajoyib natija ko‘rsatdi
Toshkent mezbonlik qilayotgan jahon chempionatida Tursunoy Jabborova (-87 kg) terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallarni taqdim qildi.
Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqida 113 kg natija qayd etib, oltin medalni rasmiylashtirdi. Umumiy hisobdagi g‘olibni aniqlab bergan siltab ko‘tarish dasturida vakilamiz 131 kg bilan ishtirokini tugatdi. Yakunda 244 kg natija qayd etgan Jabborova ikki kurash bo‘yicha kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha JCh.
Ayollar, -87 kg:
- Anxsetseg Munxjantsan (Mo‘g‘uliston) – 250 (109+141) kg
2. Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) – 244 (113+131) kg
3. Solfrid Koanda (Norvegiya) – 244 (103+141) kg
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter