Turon yakka kurashi asoschisi Bahodir Saidov vafot etdi
Yuzlab xalqaro toifadagi sportchilarni tarbiyalagan jonkuyar murabbiy, sport fidoyisi, Bahodir Saidov 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yakka kurash sport turlari bilan yoshligidan shug‘ullangan Bahodir Saidov 1981 yilda hozirgi O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan. U 40 yildan ortiq vaqt davomida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko‘rsatib, mamlakatimiz sporti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan inson edi.
Bahodir Saidov 1992-yilda Turon yakka kurashi sport turiga asos solgan edi. Bugungi kunda bu sport turi bilan yurtimizda o‘n minglab yoshla shug‘ullanmoqda.
Bahodir Saidov uzoq yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol federatsiyasida mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter