Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaliklar bilan hamkorlik qilinadi

Turkiyaliklar bilan hamkorlik qilinadi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori Halilillo To‘raxo‘jayev Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi raisi  Ali Ixsan Chaglara bilan uchrashdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Halilillo To‘raxo‘jayev mehmonlarni agentlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida o‘z tashkilotiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Ali Ixsan Chaglara o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi. Mehmon Turkiyada davlat xizmatlari ko‘rsatish tajribasi haqida so‘zlarkan O‘zbekistonning tajribasi kompleks chora-tadbirlarni aks ettirgani bilan o‘ziga xosligini ta’kidlab, O‘zbekiston investitsion iqlimi va iqtisodiyoti rivojlanishida yangi tashkil etilgan Davlat xizmatlari agentligi muhim o‘rin egallashini aytdi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring