Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadan O‘zbekistonga beg‘araz yordam keldi

Turkiyadan O‘zbekistonga beg‘araz yordam keldi

Foto: SSV matbuot xizmati

Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz yordam sifatida COVID-19ga qarshi Xitoyda ishlab chiqarilgan «Sinovak» vaksinasi olib kelinishi haqida xabar berilgandi.

SSV xabariga ko‘ra, bugun tongda Istanbul – Toshkent reysi bilan mamlakatimizga keltirgan   «Sinovak» vaksinasining 200 ming dozasi shuningdek, 20 ming quti «Favipiravir» dori preparati yurtimiz vakillari tomonidan qabul qilib olindi.

O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida grant yordamiga oid imzolangan bitim asosida olib kelingan «Sinovak» vaksinasi mamlakatimizga keltirilgan oltinchi vaksinadir.

Shunday qilib, yurtimizga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 673 528 dozani tashkil qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring