Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi mamlakatda so‘nggi vaqtlarda vatandoshlardan ayrim turdagi firibgarlik qurboni bo‘lib qolayotganliklari yuzasidan murojaatlar ko‘payganini bildirmoqda.
«Facebook» ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zini Turkiya Ish Banki xodimi sifatida tanishtirib, xuddiki ushbu bankda siz bilan familiyadosh vafot etgan shaxsning qolib ketgan sarmoyasiga sherikchilik qilish evaziga uning hisobiga ma’lum bir miqdorda pul o‘tkazib berish (buning qurbonlari O‘zbekistondan ham uchramoqda) hamda shunga o‘xshash holatlar ko‘p uchrab turibdi», – deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
O‘z navbatida, vatandoshlardan telefon orqali o‘zini bank xodimi deb tanishtirgan shaxslarga o‘ziga tegishli ma’lumot bermaslik, shaxsiy kartaning maxfiy raqamlarini aytmaslik va bu borada ehtiyot bo‘lishlari so‘ralmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter