Turkiyada rossiyalik futbolchi daraksiz g‘oyib bo‘ldi

Turkiyaning «Ankaragyujyu» klubi hujumchisi Zaur Sadayev bir haftadan buyon jamoa bilan aloqaga chiqmayapti. Bu haqda Milliyet nashri xabar berdi.
30 yoshli rossiyalik futbolchining g‘oyib bo‘lgani haqida jamoa bosh murabbiyi Mustafa Kaplan ma’lum qilgan. Hozircha uning qayerda ekanligi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Sadayev «Ankaragyujyu» klubiga joriy yilning fevralida Rossiyaning «Axmat» jamoasidan o‘tgan edi. U bu mavsum 12 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter