Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada o‘zbekistonliklar janjali pichoqvozlik bilan yakunlandi

Turkiyada o‘zbekistonliklar janjali pichoqvozlik bilan yakunlandi

Foto: Istanbul, Chekmekoy, «Google.com»

Mamlakatimiz bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning 31-may kuni Istanbul shahrining Chekmekoy dahasida (Turkiya) yuzaga kelgan mojaro natijasida 1988-yil 29-aprelda Namangan viloyatida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Hamzayev Odiljon Ahmadjonovich pichoqda yetkazilgan jarohat oqibatida halok bo‘lgan.

Marhumning qarindoshiga jasadni O‘zbekistonga yuborish masalasini yechish bo‘yicha konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hodisa yuzasidan tekshiruv-tergov tadbirlari olib borilmoqda, gumonlanuvchi sifatida O‘zbekiston fuqarosi Sh.S. qo‘lga olingan

Bosh konsulxona mazkur masalani nazoratga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhum O‘zbekiston fuqarosining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiyada bo‘lib turgan vatandoshlarimizga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakatimiz bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +90-212-323-20-37, +90-212-229-00-75.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring