Turkiyada IShIDga aloqadorlikda gumonlanib o‘nlab odamlar ushlanmoqda
Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya X ijtimoiy tarmog‘ida Turkiya razvedka xizmatlari IShID terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumonlanib 51 kishini qo‘lga olganini yozdi.
«21 viloyatda to‘rt kun davomida o‘tkazilgan amaliyotlar doirasida 51 kishi IShID terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi», — deb yozdi u.
Vazirning qayd etishicha, hibsga olishlarning aksariyati (10 tasi) Anqarada bo‘lgan.
Bundan tashqari, operatsiya davomida terror guruhi faoliyatiga oid hujjatlar va raqamli axborot vositalari musodara qilingan.
Avval ham ichki ishlar vaziri 140 dan oshiq kishi ushbu guruh bilan aloqa o‘rnatganlikdan gumonlanib ushlanganini yozgandi.
Eslatib o‘tamiz, Moskvadagi teraktdan so‘ng dunyo bo‘ylab xavfsizlik qoidalari kuchaytirilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonning Istanbuldagi konsulligi Turkiya kelayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qilib. ogohlikka chaqirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter