Erdo‘g‘on Turkiyada yirik neft koni topilganini ma’lum qildi

Turkiya mamlakat shimoli-sharqidagi Gabar tog‘i hududida yangi neft konini topdi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on respublika Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha telemurojaatida aytib o‘tdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, topilgan neft zaxiralarining sof hajmi 150 million barrelni tashkil etadi. Erdo‘g‘on zaxiralarning qiymati qariyb 12 milliard dollarga baholanayotganini aytdi.
«Bu 2022 yilda quruqlikda topilgan eng yirik 10 ta kondan biridir», – deydi Turkiya rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, neft sifati juda yuqori bo‘lgan mintaqadagi to‘rtta quduqdan kuniga 5 ming barrel neft ishlab chiqarilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter