Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya va Avstriya o‘rtasida tuzilgan do‘stlik shartnomasiga 100 yil to‘ldi

Turkiya va Avstriya o‘rtasida tuzilgan do‘stlik shartnomasiga 100 yil to‘ldi

Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun Avstriyaning yetakchi gazetalaridan biri Die Presse’da Turkiya va Avstriya o‘rtasidagi Do‘stlik shartnomasining 100 yilligi munosabati bilan «Yuz yillik meros: Turkiya-Avstriya munosabatlari» sarlavhali maqola yozdi.

Maqolada muallif ikki davlat o‘rtasida tarixiy aloqalarni mustahkamlashga izmat qilgan va ikki xalq o‘rtasidagi chuqur rishtalarning ramzi bo‘lgan mazkur Shartnomaning 100 yilligini munosib nionlash haqida to‘xtaladi.

«100 yil avval imzolangan mazkur shartnoma nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi mustahkam aloqalarning ifodasi, balki ikki xalqning bir-birini yaqindan bilishi, bir-biri bilan integratsiyalashuvi uchun muhim qadam bo‘lmoqda.

Darhaqiqat, o‘tgan davr mobaynida ikki davlat savdo, madaniyat va san’at, ta’lim kabi ko‘plab sohalarda o‘zaro hurmat va anglashuv asosida hamkorlik qildi», – deydi muallif.

Fahrettin Altunning yozishicha, ikki davlatning o‘zaro savdosi hajmi taxminan 4 milliard dollarga yetgan va bu ko‘rsatkichni 5 milliard dollardan oshirish rejalashtirilyapti.

U, shuningdek, Turkiya xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan inson huquqlari va qadr-qimmati masalasini «universal qadriyatlar» deya tan olishini bildiradi.

«Turkiyaning 2023-yil 7-oktyabrdan buyon davom etayotgan G‘azo inqirozini hal qilishda tinch yo‘lni izlashi hamda BMT parametrlari doirasida ikki davlatning bu boradagi muzokaralarini qo‘llab-quvatlashi mintaqada tinchlikni ta’minlashda muhimdir.

Bugungi Turkiya nafaqat o‘z chegaralari ichida, balki mintaqaviy va global miqyosdagi «o‘yinchi», muammo va inqirozlarni hal qilishda faol ishtirok etuvchi davlatdir», – deyiladi maqolada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring