Turkiya tomoni 40 nafardan ortiq o‘zbekistonliklarni deport qildi
Joriy yilning 4-5-noyabr kunlari Turkiyaning Nig‘de va Kayseri shaharlaridagi deportatsiya markazlarida 40 dan ziyod o‘zbekistonliklar deport qilindi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Vatanga deport qilingan fuqarolar hujjatlarining muddati tugagan yoki yo‘qotib qo‘ygan va ular shu sababli «ADS Huquq» shirkati bilan hamkorlikda O‘zbekistonga yuborilgan.
Bosh konsulxona, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolariga shaxsini tasdiqlash hujjatlarini o‘z yonida olib yurish, e’tiborli bo‘lgan holda yo‘qotib qo‘ymaslik, muddati tugamasdan oldin murojaat qilish yoki vatanga qaytishni tavsiya qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter