Turkiya Putin va Zelenskiy uchrashuvi bo‘yicha muhim bayonot berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar ma’lumot bergan.
Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
«Prezident Erdo‘g‘an janob Putin va janob Zelenskiy bilan bir necha bor uchrashdi. Bu uchrashuvlarda prezident imkon qadar tezroq o‘t ochishni to‘xtatishga va tomonlarni muzokara stoliga chorlashga harakat qilmoqda.
Umid qilamizki, yaqin kunlarda, ba’zi qiyinchiliklarga qaramay, ikki davlat rahbarlarining uchrashishi mumkin bo‘ladi»,—deyiladi vazir nutqida.
Avvalroq, Putin Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan telefon muloqotida Zelenskiy bilan uchrashuv ikki davlat muzokaralari natijasiga bog‘liq ekanini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter