Turkiya prezidenti Erdo‘g‘onda omikron aniqlandi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on koronavirusning omikron shtammiga chalinganini ma’lum qildi.
«Bugun rafiqam va men yengil alomatlardan so‘ng COVID-19ga topshirgan testimiz ijobiy chiqdi. Yaxshiyamki, «omikron» yengil o‘tar ekan. Biz o‘z missiyamizni davom ettiramiz. Uydan turib ishlaymiz. Biz uchun duo qilishingizga umid qilamiz»,— deb yozgan Erdo‘g‘on o‘zining Twitterdagi sahifasida.
Omikron bilan kasallangan Erdo‘g‘on rafiqasi ham koronavirusga chalinganini, kasallik yengil kechayotganligini ma’lum qilgan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yaqinda Ukrainada bo‘lib, prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.
«Tashrif doirasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan (Qrimdagi) qrim-tatar vatandoshlarimiz qanday yashayotganini muhokama qildik», — degan edi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter