Turkiya o‘rmon yong‘inlarini deyarli o‘chirib bo‘ldi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoglu mamlakatdagi barcha o‘rmon yong‘inlari deyarli o‘chirib bo‘lingani haqida bayonot berdi, deyiladi NTV telekanali xabarida.
Vazirning aytishicha, Ibradi tumanidagidan tashqari, barcha o‘rmon yong‘inlari bartaraf etilgan.
Eslatib o‘tamiz, qariyb bir yarim haftadirki, Turkiya o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashmoqda, turistik zonalar, xususan, mashhur Antaliya katta zarar ko‘rdi, mehmonxonalardan yuzlab sayyohlarni ko‘chirishga to‘g‘ri keldi.
Yong‘inlar 28-iyul kuni Turkiya janubida boshlangandi. Yong‘in keng tarqashi sababchilari sifatida kuchli shamol va o‘t qo‘yuvchilar ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter