Turkiya — koronavirus tez tarqalayotgan ikkinchi mamlakat

Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi kecha, 16-aprel kuni taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat koronavirus tarqalish tezligi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi mamlakatga aylandi. Bu haqda «EADaily» yozmoqda.
Oxirgi 24 soatda Turkiyada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 4801 ta yangi holat aniqlandi, dedi sog‘liqni saqlash vaziri Faxruddin Qovja kecha o‘tkazilgan brifingda.
Faqat AQSh bundan yuqori ko‘rsatkichga ega — 5603 ta yangi holat.
Vazir bir kunda 125 nafar bemor koronavirus qurboniga aylanganini ma’lum qildi, shu tariqa Turkiyada epidemiya qurbonlari jami soni 1643 nafarga yetdi. Kasallikdan sog‘ayganlar soni 1415 nafarni tashkil etmoqda.
Bugun, 17-aprel holatiga, Turkiyada koronavirusni yuqtirganlar soni 74193 nafarga yetdi (koronavirusni yuqtirish holatlari bo‘yicha mamlakat dunyoda 9-o‘rinda), bemorlarning 1643 nafari vafot etgan. Intensiv terapiya bo‘limlarida 1854 bemor davolanyapti. Turkiyada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha ilk holat 10-mart kuni — O‘zbekistondagidan 5 kun oldin qayd etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter