Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Turkistonbank» va «Hi-Tech Bank» mijozlaridan qancha qarzligi aytildi

«Turkistonbank» va «Hi-Tech Bank» mijozlaridan qancha qarzligi aytildi

Faoliyati to‘xtatilgan «Turkistonbank» va «Hi-Tech Bank» mijozlariga qancha miqdordagi omonatlarni qaytarishi ma’lum bo‘ldi.

Bu haqida Markaziy bank Departamenti direktori Sanjar Nosirov ma’lumot berdi.

– Bugungi kunda «Turkistonbank»da aholining 339 milliard so‘m, «Hi-Tech Bank»da esa 5 milliard so‘mlik omonatlari bor.  Yuqoridagi ikki bank omonatchilarining barcha mablag‘lari 2 oydan so‘ng birinchi navbatda to‘liq qaytariladi.

Litsenziyasi chaqirib olinayotgan yuqoridagi ikki bank omonatchilari o‘zlarini xotirjam his qilishlari mumkin, – deydi Markaziy bank rasmiysi.

Shuningdek, «Turkiston» va «Hi-Tech Bank» faoliyati nega to‘xtatilganiga izoh berildi.

Qayd etilishicha, «Turkistonbank»ning kapitali 140 milliardni, «Hi-Tech Bank» kapitali esa, 90 milliardni tashkil etadi.

Amaldagi taritbga ko‘ra, banklar ustav kapitaliga nisbatan 100 milliard so‘mlik talab bor.

«Turkistonbank»da 117 milliard ustav kapitali bo‘lgan. «Hi-Tech Bank»da 116 milliard ustav kapitali shakllantirilgan. Umumiy kapitali ustav kapitalidan kam bo‘lganligining sababi zarar ko‘rgani uchun umumiy kapitali kamni tashkil qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring