Turistlar nimadan ko‘p qo‘rqishadi?
Aviachiptalar sotish bilan shug‘ullanuvchi «Aviasales» kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnomada «birinchi raqamli» turistik fobiya aniqlandi. Unga ko‘ra, sayohatga chiqqan insonlar eng ko‘p qo‘rqadigan narsa bu — o‘z bolasini yo‘qotib qo‘yish. Respondentlarning 29,6 foizi anketaning shu bandini tanlashdi.
Turistik fobiyalar ichida ikkinchi o‘rinda u yoki bu sabablar bilan hech qayoqqa bora olmaslik xavotiri (28,6 foiz) turishi aniq bo‘ldi. Uchinchi o‘rinda esa... oyoqdan ayrilib qolish — 24,9 foiz.
Sayohatchilar, shuningdek, pasporti va o‘zining yo‘qolib qolishidan ham jiddiy xavotirlanishadi. Ba’zilar so‘rovnomaga hazilllashib shu bandni ham qo‘shib qo‘yishdi: ular uchun eng qo‘rqinchi narsa bu — o‘z samolyotiga kechikib, «Duty Free»dan hech narsa olishga ulgurmasdan o‘tib ketish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter