«Turar-joy masalasini hal qila olgan talabalar an’anaviy ta’limga qaytadi» — vazirlik vakili
Talabalarning turar joy bilan masalalari qanday hal etiladi?
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ushbu savolga javob berdi.
«Barcha talabalarni talabalar turar joylari bilan ta’minlash imkoni yo‘q. Oliy ta’lim muassasasi hech bir talabani turar joy bilan ta’minlashga kafolat bermaydi. Turar-joy bilan bog‘liq masalani hal qila olgan talabalar an’anaviy ta’limga qaytadi.
Ma’lum bir talabalar turar joylarida hozirda ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Yotoqxona bilan birinchi navbatda kam ta’minlangan, mehribonlik uyi bitiruvchilari ta’minlanadi.
Talabalarni baholashda mezonlar bir xil, ammo vaqti bir xil bo‘lishga majbur emas. Masofadan o‘qiyotgan talaba vazifani kechroq tayyorlab bersa, o‘qituvchi uni kechroq ham baholashi mumkin».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter