Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tur de Frans» velopoygalariga 120 yil to‘ldi (foto)

«Tur de Frans» velopoygalariga 120 yil to‘ldi (foto)

Foto: RTVI

«Tur de Frans» yoki «Katta halqa» tarixi 1902-yildan boshlanadi. Raqobatchi sport gazetalari — Le Velo hamda L’Auto ko‘proq gazeta sotish uchun tinmay yangi g‘oyalar ustida ishlardi.

1902-yilning 20-noyabr kuni L’Auto majlisida jurnalist Jeo Lefevr Fransiya hududlari bo‘ylab velopoyga o‘tkazish taklifini o‘rtaga tashladi. Nashrning moliya ishlari direktori Viktor Goddni g‘oya shunchalik qiziqtirib qo‘ydiki, Lefevrga kompaniya seyfi kalitlarini berib shunday dedi: «Qancha kerak bo‘lsa, shuncha ol!».

1903-yilning 19-yanvar kuni L’Auto velopoyga haqida birinchi xabarni berdi. Poyga esa o‘sha yilning 1-iyulidan 19-iyuliga qadar o‘tkazilib, marra chizig‘ini birinchi bo‘lib fransuz Moris Garen kesib o‘tdi.

Velopoyga misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat, shuhrat va boylik keltirdi. Gazeta adadi uch baravar oshdi, shundan so‘ng L’Auto poygani har yili muntazam o‘tkazib borishga qaror qildi.

Bugungi kunda «Tur de Frans» — jahondagi velopoygalarning eng nufuzlisi. RTVI jamlagan quyidagi fotosuratlar «Tur de Frans» tarixidan so‘zlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring