Tupurmang, kamera bor...
Qozog‘iston poytaxti — Nursulton shahar kengashi deputatlari tupurganlik uchun jazoni kuchaytirishni taklif qilishdi. Tupurganlarni tutish uchun videokuzatuv kameralaridan foydalanish maslahat berildi, deb yozmoqda Zakon.kz.
Qoidabuzarlarni avtomobil raqamlarig‘a qarab aniqlashmoqchi. Shunday qilinsa, qoida buzishlar (ko‘chaga tupurishlar) soni kamayadi, deyishmoqda.
Poytaxt hokimligi ko‘chalar va jamoat joylarini ifloslantirish, jumladan, tupurish taqiqlanganini tasdiqlagan. Qoidabuzarlar javobgarlikka (ma’muriy jarima) tortiladi.
Tupurish nafaqat shahar ko‘rkini buzadi, balki turli bakteriyalarning tarqalishiga ham sababchi bo‘ladi. Bu kabi holatlarga guvoh bo‘lganlar huquq organlariga murojaat qilishlari mumkin, buning uchun o‘sha holatning fotosi yoki videosi ilova qilinishi zarur, deyiladi Nursulton shahar hokimligi bergan munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter