Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tunisda AQSh elchixonasi yonida terrorchi o‘zini portlatib yubordi

Tunisda AQSh elchixonasi yonida terrorchi o‘zini portlatib yubordi

Foto: «Obzor.lt»

Tunis poytaxtida AQSh elchixonasi yonida xudkush portlovchi uskunani ishga tushirdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

«Tunisda AQSh elchixonasi yaqinida terrorchi mototsiklida xavfsizlik kuchlariga hujum qilib «xudkush kamari» yordamida o‘zini portlatib yubordi», — deya ma’lum qildi «Mosaique FM» radiostansiyasi.

Tunisda 2015-yildan beri favqulodda holat tartibi joriy etilgan. 2015-yil iyunda Tunisning Sus provinsiyasida joylashgan El-Kantaui kurortida terakt sodir etilib, 40 kishini hayotdan olib ketgan. Mamlakat poytaxtidagi Bardo milliy muzeyiga ham hujum uyushtirilgan. 2015-yil noyabrda xudkush terrorchi poytaxtda prezident gvardiyasi xodimlariga ham hujum qilgan.

Terrorchilarning bir qancha hujumlaridan so‘ng 2015-yilda Tunis hukumati xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Buning natijasida Shimoliy Afrikada joylashgan mamlakatga sayyohlar oqimi tiklangan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring