Tunis prezidenti Beji Kaid as-Sebsi vafot etdi
Tunis prezidenti Beji Kaid as-Sebsi 92 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda prezident administratsiyasining Feysbukdagi sahifasida xabar berilgan.
Xabarda qayd etilishicha, prezident payshanba kuni ertalab mamlakat poytaxtidagi harbiy gospitalda jon bergan.
As-Sebsi oxirgi vaqtlarda sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolarga uchrayotgan edi. U 2017-yildan beri eng yoshi ulug‘ amaldagi prezident sanalar edi.
As-Sebsi 1926-yilning 26-noyabrida tavallud topgan. Tunis prezidentligiga 2014-yil 31-dekabrda saylangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter