Tungi osmonda paydo bo‘lgan eng yorug‘ jism nima o‘zi? (video)
Fazoda «Sayyoralar paradi» boshlangani haqida xabar bergandik. Yupiter, Saturn, Mars, Oy qatoriga endi kometa ham qo‘shildi.
Gardishi Oynikidan sal kattaroq ko‘rinayotgan bu kometani dumidan ham ajratib olsa bo‘ladi. C/2020 F3 yoki «NEOWISE» (uni aniqlagan teleskop nomi berilgan) oxirgi yetti yildagi eng yorqin kometa bo‘lib, yana ikki haftagacha ko‘rinib turadi.
Kometaning Yerga eng yaqin kelishi 23-iyul kuniga to‘g‘ri keladi. Yaqinlashuv kosmik o‘lchamlarda uncha olis emas — 103 million kilometr. «NEOWISE»ning Quyosh tizimiga keyingi qaytishi yana 7 ming yildan so‘ng sodir bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter