Tug‘ruqxonadagi xato tufayli ota-ona yetti yil o‘g‘lini ko‘rolmadi
Bundan yetti yil avval tug‘ruqxonada vafot etgani aytilgan bolasining tirik ekanligi va bolalar uyida ekanligi volgogradlik oilani hayratda qoldirdi. Bu haqda Volgograd viloyati ma’muriyati saytida ma’lum qilindi, deya yozmoqda «lenta.ru» sayti.
«Farzandining tirik ekanligini to‘satdan bilib qolgan ota-ona ota-onalik huquqini tiklash uchun sudga murojaat qilgan. 2017-yilning noyabrida adolat g‘alaba qozondi va 2018 yil arafasida bola qonuniy ota-onasiga topshirildi», — deyiladi xabarda.
Bir muddat avval er-xotinga sud ijrochilariga internatdagi bola ta’minoti uchun ota-onasidan aliment undirish haqida hujjat kelib tushgan. Sud ijrochisi qarzdorlarni uyidan topa olmaydi va onaning bankdagi hisobini yopib qo‘yadi.
Keyingi kuni ona nima gapligini aniqlash maqsadida sudga boradi. «Hujjatlarni ko‘rib, u hushidan ketib qoldi», — deya ta’kidlaydi sud ijrochilari.
Ma’lum bo‘lishicha, 2011-yili bola tug‘ilgan paytda onaga uning bir haftadan ortiq yashay olmasligini aytishadi. U esa eri bilan maslahatlashib, boladan voz kechishga qaror qiladi. Besh kun o‘tgach er-xotin bolani olib ketish uchun qaytib keladi, biroq ularga chaqaloq allaqachon vafot etganini aytishadi.
O‘tgan yilning avgust oyida matbuotda chelyabinsklik Zoya Tuganova DNK testidan so‘ng 30 yil davomida begona bolani tarbiyalab kelganini bilib qolgani, o‘z qizini esa ijtimoiy tarmoqlardagi suratlari orqali topgani va buning uchun tug‘ruqxonadan bir million rubl tovon puli undirib olgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter