«Tugma qizil emas ekan»: yadroviy pult joylashgan jomadon birinchi marta televideniyeda ko‘rsatildi (video)
Yadroviy raketalarga start beruvchi tugma o‘rnatilgan jomadon birinchi marta ochiq holda omma e’tiboriga havola etildi. Jomadon «Zvezda» telekanalining «Voyennaya priyomka» ko‘rsatuvida namoyish etildi.
Raketalarni uchiruvchi tugma kino va seriallar ssenariychilari tasavvur qilganidek qizil emas, balki oq rangda ekan. Ko‘rsatuv olib boruvchisi Aleksey Yegorovning aytishicha, bu jomadonni kechayu kunduz Oliy bosh qo‘mondon yonida harbiy-dengiz floti ofitseri ko‘tarib yurgan.
«Ushbu jomadon, albatta, yangi emas, chiqqaniga 50 yil bo‘lgan. Ammo shunisi bilan e’tiborliki, bu televideniyeda yadroviy jomadonning ilk marotaba ommaga ochiq holatda ko‘rsatilishi», — ta’kidladi Yegorov.
Boshlovchi qo‘shimcha qilishicha, jomadonning bir necha kilobaytlik flesh-kartasi ham bor. U raketani uchiruvchi kalitlardan biri hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter