Tug‘ilish ko‘rsatkichi yuqori va past bo‘lgan viloyatlar ma’lum bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yilning noyabr oyida qayd etilgan tug‘ilishlar soni bo‘yicha ma’lumot berdi. Doimgiday Samarqand viloyati yetakchi bo‘lib turibdi. Viloyatda bir oyda 9 434 ta chaqaloq dunyoga kelgan. Ikkinchi o‘rinda Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari ketmoqda.
Eng kam chaqaloq Sirdaryoda dunyoga kelgan — 2020 kishi.
Tug‘ilishlar soni quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston R. – 3 826 ta
- Andijon viloyati – 7 645 ta
- Buxoro viloyati – 3 980 ta
- Jizzax viloyati – 3 409 ta
- Qashqadaryo viloyati – 7 822 ta
- Navoiy viloyati – 2 260 ta
- Namangan viloyati – 7 085 ta
- Samarqand viloyati – 9 434 ta
- Surxondaryo viloyati – 6 912 ta
- Sirdaryo viloyati – 2 020 ta
- Toshkent viloyati – 6 283 ta
- Farg‘ona viloyati – 8 467 ta
- Xorazm viloyati – 4 213 ta
- Toshkent sh. – 5 857 ta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter