Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish osonlashdi

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish osonlashdi

Foto: «Xabar.uz»

Yagona portal (my.gov.uz)da bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olish uchun ariza yo‘llash xizmati ishga tushirildi.

E’tiborlisi, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Ariza holatini my.gov.uz orqali kuzatish imkoniyati ham bor. Ariza muallifi jarayondan doimiy xabardor bo‘lib turadi.

1 ish kunida taqdim etiladigan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani esa o‘zingiz uchun qulay vaqtda pochta orqali olishingiz mumkin bo‘ladi.

Xizmatdan my.gov.uz orqali foydalansangiz 10% arzon to‘laysiz: 44550 so‘m (0.135 BHM). Pochta to‘lovi: 25000 so‘m.

Ma’lumot uchun: ushbu davlat xizmatidan ota-ona endi dunyoga kelgan go‘daklari uchun ilk bor guvohnoma olishda foydalanishlari mumkin.

Boshqa holatlar uchun my.gov.uz da tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma olishga ariza berish xizmati mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring