«Treker»ga navbatdagi aksiya e’lon qilindi
UzAvto Motors kompaniyasi «O‘zavtosanoat lizing» bilan hamkorlikda Tracker M/T avtomobilini imtiyozli shartlarda sotib olishni taklif qildi.
Qayd etilishicha, 27-yanvardan 27-fevralga qadar faqat jismoniy shaxslar uchun Tracker LT M/T avtomobilini sotib olishda yangi taklif amal qiladi.
Xaridor avtomobil narxining 30 foizini to‘lab, qolgan summani 3 yil davomida yillik 20 foiz ustama bilan to‘lashi mumkin.
Ushbu shartlar asosida avtomobillarni kompaniyaning barcha rasmiy dilerlik markazlarida sotib olish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter