Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Transformatsiya qilish uchun beshta OTM saralab olinadi

Transformatsiya qilish uchun beshta OTM saralab olinadi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qaroriga (655-son, 27.10.2020 y) muvofiq, 2021-yil 1-martga qadar transformatsiya qilish uchun 5 ta OTM ochiq tanlov asosida saralab olinadi.

2021/2022-o‘quv yilidan tajriba-sinov tariqasida transformatsiya qilinadigan oliy ta’lim muassasalarida:

  • bakalavriat va magistratura uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari ularning o‘zlari tomonidan belgilanadi;
  • bakalavriatga kirish imtihonlari mustaqil o‘tkaziladi;
  • ta’lim jarayoniga hamkor sifatida biriktirilgan nufuzli xorijiy OTM professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi «2017-2021-yillarda o‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» PF-5953-son farmoniga muvofiq 2020-yilda kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilish choralari ko‘rilishi belgilangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring