Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning qayta saylanishi Xitoyga qimmatga tushadi

Trampning qayta saylanishi Xitoyga qimmatga tushadi

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp 2024-yilda qayta saylansa, bilan Xitoydan import qilinadigan tovarlarga 60 foizlik bojlar joriy etish imkoniyatini muhokama qildi.

Bu haqda «Washington Post» o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, agar Oq uyga qaytsa Tramp «Xitoyga global savdo urushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi keng ko‘lamli iqtisodiy hujum»ni amalga oshirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Jurnalistlar bilan suhbatlashgan iqtisodchilarning ta’kidlashicha, bunday choralar ham Amerika, ham jahon iqtisodiyotida jiddiy buzilishlarga olib kelishi mumkin, «bu Trampning birinchi muddatidagi savdo urushlari oqibatlaridan ancha oshib ketadi».

Qayd etilishicha, Tramp kampaniyasi vakili nashr so‘roviga javob bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 2016-2020-yillardagi prezidentligida ham Xitoyga qarshi «savdo urushi» olib borgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring