Trampda qarish alomatlari sezilmoqda — NYT
AQSh prezidentligiga nomzod, 78 yoshli Donald Trampning nutqlari borgan sayin uzayib, uzviyligini yo‘qotib boryapti, bu keksalik alomati bo‘lishi mumkin. The New York Times shu haqda yozmoqda.
«Vaqt o‘tgani sayin uning nutqlarida uzayish, qo‘pollashish, aniq maqsaddan chekinish kuzatilmoqda, ko‘proq o‘tmishdan gapirmoqda... Bir narsani ko‘p takrorlaydi, ayrim gaplarining mag‘zini chaqish mushkul, ba’zi fikrlari chala», — deb yozdi jumladan nashr.
The New York Times o‘tkazgan kompyuter tahlili ko‘rsatishicha, Tramp hozir omma oldidagi bitta chiqishiga o‘rtacha 82 daqiqa sarflayapti, vaholanki, 2016-yilda uning nutqi 45 daqiqadan oshmagan.
Trampning o‘zi barcha xavotirlarni rad etmoqda, layoqat bo‘yicha imtihonlardan o‘tganini aytib, natijasini hademay e’lon qilishga va’da bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter