Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Venesuela hukumatiga qarshi iqtisodiy sanksiyalar qo‘llashni boshladi

Tramp Venesuela hukumatiga qarshi iqtisodiy sanksiyalar qo‘llashni boshladi

Foto:«Focus Washington»

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela hukumatiga qarshi iqtisodiy sanksiyalar qo‘llashga doir yangi qarorni imzoladi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra amerikaliklarga Venesuela hukumati bilan savdo-iqtisodiy bitimlar tuzish taqiqlandi.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning shu yil 20-may kuni o‘tkazilgan saylovda g‘alaba qozonishi hamonoq Tramp Venesuelaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni qamrab olgan qarorni qabul qildi.

AQSh hukumati Venesuelada o‘tkazilgan saylovni noqonuniy deb baholadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring