Tramp Xitoy bilan ishlayotgan AQSh kompaniyalarini ogohlantirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika kompaniyalari Xitoy bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo‘lsa, ularga davlat shartnomalaridan mahrum qilish bilan tahdid qildi, deb yozadi Reuters.
Shuningdek, u korxonalarni Xitoydan vataniga ko‘chirishni rag‘batlantirish uchun soliq imtiyozlarini joriy etishni xohlayapti. Tramp 10 oy ichida 10 millionta ish joyi yaratishga va’da berdi. Buning uchun «Xitoyga bog‘liqligimizga chek qo‘yish kerak»ligini aytdi.
«Biz jahon tarixidagi eng buyuk iqtisodiyotni yaratdik. Endi men buni yana bajarishim kerak», — dedi Amerika prezident.
Xitoyning kommunikatsiya giganti — «Huawei» avvalroq AQSh sanksiyalari tufayli jiddiy muammolarga duch kelgandi. Keyingi oydan «Huawei» o‘ta tezkor «Kirin» protsessorlarini qabul qilolmaydi, negaki ular Amerika texnologiyasi yordamida ishlab chiqariladi.
Tramp ma’muriyati, shuningdek, Xitoyning texnologiyaga oid ko‘plab korxonalarini qora ro‘yxatga kiritish bilan tahdid qilyapti. Ular «TikTok» va «WeChat» bilan bir qatorda AQShda taqiqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter