Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp va Bayden o‘rtasidagi televizion debat bekor qilindi

Tramp va Bayden o‘rtasidagi televizion debat bekor qilindi

Foto: «Fox 5 DC»

AQShdagi prezidentlik debatlari bo‘yicha komissiya Donald Tramp va Jozef Baydenning 15-oktyabrga mo‘ljallangan televizion debatini bekor qildi.

Tomonlar debatni qaysi formatda o‘tkazishni kelisha olmagani sababli komissiya shu qarorni chiqardi.

«Barcha qatnashchilarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash uchun, Mayamida 15-oktyabrda mo‘ljallangan ikkinchi prezidentlik debatlari virtual formatga o‘tkaziladi. Tomonlar shtablari bir-biriga keskin munosabat bildirganidan keyin 15-oktyabrda Mayamida debat bo‘lmasligi aniqlashdi», — deyiladi komisiya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, prezidentlikka nomzodlardan biri, amaldagi davlat rahbari Donald Trampda koronavirus aniqlangandi. Barcha davolanish muolajalarini olib bo‘lib, u kasalxonadan chiqishga ham ulgurdi. Yuqoridagi holatga qo‘shimcha ravishda, har ikki nomzodning ilk debatda o‘zini tutishi ikkinchi debatning taqdirini hal qilib berdi. Bu shuni anglatadiki, 15-oktyabr kuni Tramp saylovoldi mitingini o‘tkazadi, Bayden esa saylovchilarning savollariga javob beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring