Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp urushni tugatish uchun yangi chora o‘ylab topdi

Tramp urushni tugatish uchun yangi chora o‘ylab topdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatish uchun neft narxini pasaytirishga harakat qilishini aytdi

 “Men Saudiya Arabistoni va OPEKdan neft narxini tushirishni so‘rayman. Uni tushirish kerak! — dedi Tramp Davosdagi iqtisodiy forumda. - Agar neft narxi tushib qolsa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush darhol tugaydi! Narx hozir bu urushni davom ettirish uchun etarlicha yuqori. Biz neft narxini tushirishimiz kerak, bu urushni tugatishimiz kerak”.

G‘arb sanksiyalari joriy qilinganiga qaramay, Rossiya o‘z energiya resurslarini turli davlatlarga, jumladan, Hindiston va Xitoyga sotishdan sezilarli daromad olishda davom etmoqda.

Hozirda neft narxi bir barrel uchun 80 dollar atrofida.

Avvalroq, Tramp Rossiya urushni to‘xtatish uchun kelishishga rozi bo‘lmasa, keskin choralar ko‘rishini aytgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring