Tramp Ukraina va Isroil mojarosi aybdori kimligini aytdi
Qo‘shma Shtatlar sobiq rahbari Donald Trampga ko‘ra, jahondagi mojarolar, jumladan Isroil va Ukraina voqealar amaldagi prezident Jo Baydenning «oqilona bo‘lmagan siyosati» oqibatidir.
AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z mamlakatida ham «katta tartibsizlikka» yo‘l qo‘ydi, deydi Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp.
U O‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida hozirgi Amerika rahbari tashqi siyosat jabhasida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yganini ta’kidladi.
«Prezidentning yillar davomida aytgan hamma gaplari haqiqatga mos kelmaydi. Uning siyosiy instinktlari dahshatli – Afg‘onistondagi dahshatli falokat, Ukraina, butunlay ochiq janubiy chegaramiz yoki Isroil urushi bo‘lsin, Tramp ma’muriyati davrida hech qachon sodir bo‘lmaydi», — deb yozgan Tramp.
Avvalroq Tramp Ukraina mojarosini bir sutkada hal qilishini iddao qilib chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter